date
views 393

AQSHda 142 yil avval cho‘kib ketgan kema mukammal holatda topildi (foto)

Foto: The New York Times

AQSHning Michigan ko‘lida 1881-yilda cho‘kib ketgan Trinidad kemasining qoldiqlari topildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Ikki yillik qidiruvdan so‘ng tadqiqotchilar qirg‘oqdan 20 kilometr uzoqlikda, taxminan 90 metr chuqurlikda Trinidad qoldiqlarini aniqladi. Kema 1867-yilda Nyu-Yorkdagi “Grand-Aylend”da qurilgan va don savdosida yuk kemasi sifatida foydalanilgan. 

Foto: The New York Times

O‘sha paytdagi gazetada e’lon qilingan maqolada uzunligi 40 metrdan ortiq bo‘lgan Trinidad “eng yaxshi yelkanli kemalardan biri” deb ta’riflangan. Shu bilan birga, sug‘urta yozuvlari kema egalari undan faol foydalanmaganini ko‘rsatadi. Shuning uchun u o‘sha davrdagi ko‘pchilik yelkanli kemalarga qaraganda 2-3 baravar kam xizmat qilgan.

Trinidad doimo suv sizishidan aziyat chekkan va oxir-oqibat 1881-yil bahorida sayohatning o‘rtasida cho‘kib ketgan. Tadqiqotchilar qidirishni ikki yil avval boshlagan.

Foto: The New York Times
“Kema kashfiyot uchun ideal kandidat edi, chunki uning kapitani kema qayerga cho‘kib ketganini batafsil tasvirlagan. Iyul oyida gidrolokator orqali uning qoldiqlari aniqlangan.
Kemada idish-tovoqlar saqlangan shkaflar, ekipajning barcha buyumlari qolib ketganini ko‘rib, hayratda qoldik. Bu haqiqatan ham butilka ichidagi kemaga o‘xshaydi. U vaqt kapsulasi”, — deyiladi xabarda.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu shtatdagi yaxshi saqlanib qolgan yagona cho‘kib ketgan kema emas, ammo u “eng yaxshi kemalar qatoriga kiradi”.

Foto: The New York Times

Qayd etilishicha, Trinidad kelasi yili Tarixiy joylar milliy reyestriga kiritiladi va cho‘kib ketgan kemaning aniq joylashuvi ham e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda 142 yil avval cho‘kib ketgan kema mukammal holatda topildi (foto)