date
views 216

Bayden yoshi o‘tishi bilan uning donoligi ortib borayotganini aytdi

Bayden yoshi o‘tishi bilan uning donoligi ortib borayotganini aytdi

Foto: CNN

AQSH prezidenti Jo Bayden yoshi o‘tgan sayin tanqidchilar nima deyishidan qat’i nazar, uning donoligi ortib borayotganini aytdi. Shuningdek, hali dam olmoqchi emasligini ham qo‘shimcha qildi.

Gapimni eshiting. Ba’zilar Bayden qariyapti, deb aytishmoqda. Meni sizga aytadigan gapim shuki, yosh o‘tishi bilan birga insonning donoligi ham ortib boradi”, — dedi u mehnat bayrami munosabati bilan Filadelfiya shahridagi kasaba uyushmalari oldida so‘zlagan nutqida.

80 yoshli Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanish uchun kurashib ko‘rmoqchi.

Men hammadan ko‘ra ko‘proq bu ish bilan shug‘ullanganman, sizning yordamingiz bilan buni davom ettirmoqchiman”, — dedi Bayden kasaba uyushmasi faollariga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden yoshi o‘tishi bilan uning donoligi ortib borayotganini aytdi