Keniyada polisiyachi 6 nafar hamkasbini o‘ldirdi

Keniyalik polisiyachi mamlakat g‘arbidagi Kapenguriya shahrida 6 nafar hamkasbini o‘ldirdi, deb xabar beradi “TASS”.
14 iyul kuni tongda mahalliy polisiyachi bo‘lim binosiga kirib, to‘pponchada hamkasblariga qarata o‘q uzgan.
Payshanba kuni tongda polisiya xodimi kabinetga kirib, hamkasbidan qurol olgan va uni hamda boshqa sheriklarini otib tashlaganligi haqida xabar berilgan. Voqea joyiga etib kelgan havfsizlik kuchlari binoni qurshab olishgan va jinoyatchini yo‘q qilganligi tasdiqlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing