date
views 73

Rossiya Federatsiyasida bloklangan saytlar soni bir yil ichida 85 foizga oshdi

Rossiya Federatsiyasida bloklangan saytlar soni bir yil ichida 85 foizga oshdi

Foto: Google Images

Rossiyada “Roskomnadzor” so‘roviga ko‘ra, 2023 yilning yanvaridan iyunigacha qonun bilan taqiqlangan ma’lumotlarga ega bo‘lgan 885 mingdan ortiq sayt bloklandi yoki o‘chirildi, deya xabar berdi “Kommersant”.

Bu ko‘rsatkich 2022 yilning birinchi yarmiga nisbatan 85 foizga ko‘p, deb yozdi nashr.

Bunday dinamika o‘tgan yili internet-resurslarni blokirovka qilish uchun asoslarning kengayishi, shu bilan birga, Rossiya armiyasi haqidagi feyk ma’lumotlarning tarqalishini taqiqlash bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, internet tarmog‘ida bloklangan yoki o‘chirilgan alohida materiallar soni 1,1 millionga yetdi, bu butun 2022 yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir.

Urush boshlanganidan beri minglab veb-saytlar bloklangan

2022 yil fevralida Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri “Roskomnadzor” Rossiyadagi minglab veb-saytlarni, jumladan, ko‘plab mustaqil ommaviy axborot vositalari, Facebook, Instagram va Twitter ijtimoiy tarmoqlarini blokladi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, blokirovka YouTube’ga ham ta’sir qilishi mumkin. Bir necha kun oldin Rossiya hukumati bloklashni chetlab o‘tish uchun VPN'dan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan resurslarni bloklashni taklif qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Federatsiyasida bloklangan saytlar soni bir yil ichida 85 foizga oshdi