date
views 528

NATO bosh kotibi: “Rossiya armiyasi dunyoda ikkinchi edi, Ukrainada ham ikkinchi bo‘ldi”

NATO bosh kotibi: “Rossiya armiyasi dunyoda ikkinchi edi, Ukrainada ham ikkinchi bo‘ldi”

Foto: AP Photo

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Yevroparlament a’zolariga murojaat qilib, Ukrainani qarshi hujumda so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deb yozadi Euronews.

“Hech kim hech qachon bu oson bo‘ladi, deb aytmagan. Bu qonli, og‘ir va qattiq hujum bo‘lishi aniq edi”, — dedi Stoltenberg.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash variant emas, balki zarurat.

Shuningdek, NATO bosh kotibi skeptiklarni tanqid qildi va harbiy qarorlarni Bryussel emas, balki “yerda” jang qilayotgan ukrainalik qo‘mondonlar qabul qilishi kerakligini aytdi.

“Biz boshlang‘ich nuqtani eslashimiz kerak: oldin Rossiya armiyasi kuchliligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda edi, hozir esa Rossiya armiyasi Ukrainada ikkinchi. Va bu juda ta’sirli”, — dedi u.

Stoltenbergning bayonoti ommaviy axborot vositalarida AQSH va Yevropa rasmiylari uzoq kutilgan va G‘arb o‘q-dorilari bilan qo‘llab-quvvatlangan qarshi hujumning borishidan hafsalasi pir bo‘lgani haqidagi xabarlar fonida yangradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO bosh kotibi: “Rossiya armiyasi dunyoda ikkinchi edi, Ukrainada ham ikkinchi bo‘ldi”