Foto: Mlive
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shu qadar “qahri qattiq” odamki, u Texasdan bo‘lsa kerak, dedi Amerika sobiq yetakchisi kichik Jorj Bush 8 sentyabr kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan “Yalta konferensiyasi”dagi onlayn ishtiroki chog‘ida.
“U qattiqqo‘l yigit, haqiqiy texaslik”, — deb hazillashdi o‘zi Texasda ulg‘aygan Bush.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’rif berar ekan, Bush u yangi imperiya qurayotganini va shuning uchun Ukrainaga bosqinni to‘xtatishi dargumonligini aytdi.
“Agar Putin shunday davom etsa, Polsha, Litva va Latviya kabi davlatlarga ham AQSHning yordami kerak bo‘ladi”, — dedi u.
Bush Ukrainadagi vaziyat AQSH xavfsizligi uchun muhim ekanini ta’kidladi.
“Zelenskiy kabi odamlar jasorat ko‘rsatganda, AQSH ularni qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — deb ta’kidladi sobiq prezident.
Shunga qaramay, Bushning fikricha, vaqt o‘tishi bilan amerikaliklarni Ukrainaga yordam berish AQSH manfaatlariga mos ekaniga ishontirish qiyinlashadi.
“Avvalo, Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashishi kerak. Hukumatdagi so‘nggi o‘zgarishlar menga Zelenskiy shunday niyatda ekanini ko‘rsatdi”, — dedi Bush.
Ilgari Jorj Bush Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “zamonamizning Uinston Cherchilli” deb atagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!