date
views 141

Afrika Ittifoqi G20 safiga rasman qabul qilindi

Afrika Ittifoqi G20 safiga rasman qabul qilindi

Foto: AP Photo

G20 sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Afrika Ittifoqini guruhning doimiy a’zosi bo‘lishga rasman taklif qildi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi buni sammitning asosiy natijasi deb atadi.

Hindiston Afrika Ittifoqini G20 ning doimiy a’zosiga aylantirishni taklif qilmoqda va ishonchim komilki, barcha a’zolar bu taklifga rozi bo‘lishadi. Barchaning qo‘llab-quvvatlovi bilan Afrika Ittifoqini G20 ga qo‘shilishga taklif qilaman”, — dedi Modi sammitning birinchi sessiyasida.

Bu so‘zlardan so‘ng Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyan Jayshankar Komor orollari prezidenti va Afrika Ittifoqi raisi Azali Assumani G20 a’zolari yig‘iladigan stol atrofidagi o‘ringa kuzatib qo‘ydi va ularning oldiga Afrika Ittifoqi bayrog‘ini qo‘ydi.

Yangi Dehlidagi G20 sammiti bugun, 9 sentyabr kuni ochildi va ikki kun davom etadi. Sammitga Yigirmatalik guruhi va yana to‘qqizta davlat — Bangladesh, Misr, Ispaniya, Mavrikiy, Nigeriya, Niderlandiya, BAA, Ummon va Singapur rahbarlari taklif etilgan. Sammitda, jumladan, AQSH rahbari Jo Bayden ham ishtirok etmoqda. Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvga kelmadi.

Afrika Ittifoqi — 55 Afrika davlatini birlashtirgan xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, Afrika Birligi Tashkilotining davomchisi hisoblanadi. Ittifoq 2002 yil 9 iyulda tashkil etilgan.

Avval G20 tarkibiga kirgan yagona mintaqaviy tashkilot Yevropa Ittifoqi edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrika Ittifoqi G20 safiga rasman qabul qilindi