Foto: “RIA Novosti”
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan davlat xavfsizlik xizmati rahbari Sarkis Ovannisyanni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ovannisyanning vakolatlariga mamlakat rahbarlarining xavfsizligini ta’minlash kirgan. Hozirda tegishli lavozimni vaqtinchalik davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Artur Gasparyan egallaydi. Kadrlar o‘zgarishi sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Sarkisyan 2022 yil may oyida muxolifat namoyishlari chog‘ida shov-shuvli darajada mashhur bo‘lgan va 2023 yilning aprel oyida u yana qayta lavozimga tayinlangan edi.
Armanistonda Davlat xavfsizlik xizmati Milliy xavfsizlik xizmati organlari tizimidan ajratilib, bevosita mamlakat bosh vaziriga bo‘ysundirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing