date
views 665

Ilon Mask o‘ninchi farzandi dunyoga kelganini ma’lum qildi

Ilon Mask o‘ninchi farzandi dunyoga kelganini ma’lum qildi

Foto: Business FM

Milliarder Ilon Mask o‘ninchi farzandi dunyoga kelganini tasdiqladi. Bolaga Texno Mexanikus deb nom qo‘yishgan.

The New York Times nashri ma’lum qilishicha, bolaning onasi kanadalik qo‘shiqchi Grayms.

Chaqaloq 2022 yil iyun oyida tug‘ilgan. Ammo Mask u haqida endi ma’lum qildi.  Shuningdek, milliarder Texno Mexanikusning laqabi Tau ekani ham qo‘shimcha qilgan.

Bu laqab, ehtimol, Pi sonining ikki barobariga teng irratsional sonni ifodalovchi yunoncha harfdan ilhomlangan bo‘lishi mumkin”, — deydi Maskning biografi.

Grayms Twitter'da Maskning bolalar bilan chop etilgan suratiga izoh berdi.

Ilonga ayting, o‘g‘limni ko‘rishimga ruxsat bersin yoki advokatimga javob bersin. Hozirgacha oilamni butunlay parchalab tashlagan vaziyatga qaramay, menga bu bolalarning suratlarini ko‘rishga ham ruxsat berishmagan”, deb yozdi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask o‘ninchi farzandi dunyoga kelganini ma’lum qildi