date
views 526

Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi «KamAZ»da politsiya binosiga hujum qildi

Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi «KamAZ»da politsiya binosiga hujum qildi

Foto: Rossiya tergov qo‘mitasi

Nijniy Novgorod viloyatining Dzerjinsk shahrida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi «KamAZ» avtomobilida politsiya binosiga hujum qildi.

Baza xabariga ko‘ra, 12 sentyabrga o‘tar kechasi haydovchi «KamAZ» mashinasida 2-son politsiya tayanch punkti binosiga yaqinlashib, manipulyator bilan beton blokini ko‘tarib, binoga zarba berishni boshlagan. Birinchi zarba kirish eshigiga, yana biri devorga berilgan. Oqibatda, politsiyachilar bino ichida qamalib qolgan. Haydovchi esa voqea joyidan qochib ketgan.

Shundan so‘ng, tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilib, 2 soat ichida haydovchi qo‘lga olingan. Uning ismi sharifi Jonibek Javliyev ekani aytilmoqda. Haydovchi nega bunday qilganini tushuntirib berolmagan.

Tergovchilar Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi («Bezorilik») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi «KamAZ»da politsiya binosiga hujum qildi