date
views 304

Kim Chen In Rossiya bilan birga “imperializmga qarshi” kurashishini aytdi (video)

Kim Chen In Rossiya bilan birga “imperializmga qarshi” kurashishini aytdi (video)

Videodan kadr

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida “imperializmga qarshi kurashda” Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U KXDR Putin va uning hukumati qarorlarini doim qo‘llab-quvvatlab kelganiga ishontirdi.

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozir “milliy suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish uchun otlangan”.

 “Biz munosabatlarni yanada rivojlantirishni istaymiz, biz har doim Putinning qarorlarini, shuningdek, Rossiya hukumati qarorlarini qo‘llab-quvvatlaganmiz. Umid qilamanki, imperializmga qarshi kurashda va suveren davlat qurishda doim birga bo‘lamiz”, — dedi KXDR rahbari.

KXDR yetakchisi kecha, 12 sentyabr kuni Rossiyaga keldi. Bugungi uchrashuv “Vostochniy” kosmodromida bo‘lib o‘tdi. Suhbatdan oldin ular “Angara” raketasini yig‘ish jarayoni bilan tanishdi.

Uchrashuv boshida ikki soatlik muzokaralar o‘tkazildi, so‘ng Shimoliy Koreyadan kelgan mehmonlar sharafiga ziyofat tushligi boshlandi. Jami to‘rt soatlik muloqotdan so‘ng Putin va Kimning uchrashuvi yakunlandi. KXDR rahbari “Vostochniy” kosmodromini tark etdi.

Bu Kim Chen Inning koronavirus pandemiyasidan keyin Shimoliy Koreyadan tashqariga ommaga ma’lum birinchi safaridir. Rossiyaga esa KXDR rahbari avval ham — 2019 yilda tashrif buyurgandi.

G‘arb matbuoti xabariga ko‘ra, Kim va Putinning muzokara mavzularidan biri — KXDRdan Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘lishi mumkin. G‘arb razvedka xizmatlariga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Iyul oyida Shoygu KXDRga rasmiy tashrif bilan bordi. AQSH razvedkasi ushbu safarni muzokaralarga tayyorgarlik sifatida baholadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Rossiya bilan birga “imperializmga qarshi” kurashishini aytdi (video)