Bosfor ko‘prigidagi turk askarlari taslim bo‘lishdi

Bosfor ko‘prigidagi turk askarlari taslim bo‘lishdi
Bosfor ko‘prigidagi turk askarlari taslim bo‘lishdi

Turkiya armiyasi harbiy xizmatchilari — davlat to‘ntarishi tarafdorlari taslim bo‘lib, Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozi ustiga qurilgan ko‘prik ustidan ketishmoqda, deb yozmoqda "Kun" nashri.

CNN Turk telekanalining voqea joyidan efirga uzatgan videolavhalarida (OAV xabarlarida 50 nafar harbiy askar haqida so‘z yuritilmoqda) askarlar qo‘llarini ko‘tarib, safga tizilgan holda tanklar va boshqa zirhli texnikalarni tark etayotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq, Bosfor bo‘g‘ozi xavfsizlik nuqtai-nazaridan tankerlar uchun yopilgani e’lon qilingan edi. Ko‘prikni esa, harbiylar davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida egallab olishgandi.

OAV xabarlariga ko‘ra, askarlar to‘ntarishga qarshi namoyishga chiqib, Bosfor ko‘prigidan o‘tmoqchi bo‘lganlarni o‘qqa tutgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar