date
views 609

Putin va Kim Chen In bir-biriga qanday sovg‘a berdi?

Putin va Kim Chen In bir-biriga qanday sovg‘a berdi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya raisi Kim Chen In bir-biriga sovg‘a berdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Putin Koreya yetakchisiga koinotda bir necha bor bo‘lgan kosmik skafandr qo‘lqopi va eng yuqori sifatli mahalliy karabin (qisqa stvolli miltiq) sovg‘a qildi”, — dedi Peskov.

KXDR yetakchisi rossiyalik hamkasbiga esa Shimoliy Koreya ustalari ishlab chiqargan karabin va boshqa sovg‘a bergan.

Kim Chen In 2019 yildan beri birinchi marta Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. U o‘zining mashhur zirhli poyezdida keldi. Shimoliy Koreya rahbari Putin bilan “Vostochniy” kosmodromida muzokaralar o‘tkazdi.

2019 yilda Putin Kim Chen Inga shamshir va yo‘l choy servizini sovg‘a qilgan, Putinga esa an’anaviy koreys qilichi tortiq qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Kim Chen In bir-biriga qanday sovg‘a berdi?