Turkiya rahbari bosh maslahatchisining akasi o‘ldirib ketildi

15 iyul kuni Turkiyada amalga oshirilgan isyon natijasida 60 kishi halok bo‘ldi. So‘nggi xabarlarga qaraganda, mamlakat rahbarining bosh maslahatchisi Mustafo Varankning akasi ham isyonchilarning qurboniga aylandi. Bu haqda “Haber7” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
OAVlarning yozishicha, bu mamlakat rahbari mulozimlariga qaratilgan ogohlantirish bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishlar ortida Feto (Fetullohchi terror guruhi) turgani aytildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an isyon ko‘tarilgan vaqtda xavfsiz joyda qo‘nib topdi va vaziyat yengillashganidan so‘ng, OAV orqali xalqqa murojaat etib, bu ishlarning ortida Fetulloh Gulen turganini ta’kidladi.
Harbiylar isyoni boshlangandan keyin mamlakat rahbari Erdo‘g‘an nomidan fuqarolarning qo‘l telefonlariga prezident murojaati kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing