date
views 377

Zelenskiy: Ukraina tinchlik uchun o‘z hududlaridan voz kechmaydi

Zelenskiy: Ukraina tinchlik uchun o‘z hududlaridan voz kechmaydi

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy yon bosmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.

«Yo‘q. Bu bizning hududimiz», — dedi siyosatchi Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida Ukraina o‘z hududlarining bir qismidan voz kechishi mumkinmi, degan savolga javob qaytarib.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujum sur’ati haqida ham fikr bildirdi.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi sekin ketayotganini, biroq Ukraina qo‘shinlari oldinga siljishda davom etayotganini tan oldi. «Bu qiyin vaziyat - men sizga ochiqchasiga aytaman. Tashabbus bizda, bu - plyus. Bu juda muhim. Shunga qaramay, harakat juda tez emas. Ammo biz har kuni oldinga intilishimiz muhim», dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Ukraina tinchlik uchun o‘z hududlaridan voz kechmaydi