JSST rahbari koronavirusning kelib chiqishi yuzasidan Xitoyga murojaat qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish338
JSST rahbari koronavirusning kelib chiqishi yuzasidan Xitoyga murojaat qildi
JSST rahbari koronavirusning kelib chiqishi yuzasidan Xitoyga murojaat qildi
Foto: Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus Xitoy rasmiylaridan koronavirusning kelib chiqishi haqida qo‘shimcha maʼlumot berishni talab qildi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Gebreyesus kovid kelib chiqishini tekshirish uchun ikkinchi delegatsiyani Xitoyga yuborishga tayyorligini bildirdi. Chunki Xitoyning Uxan shahrida birinchi infeksiya holatlaridan to‘rt yil o‘tib ham virusning kelib chiqishi noma’lumligicha qolmoqda.

“Xitoydan bu ma’lumotlarga to‘liq kirishni ta’minlashni va boshqa mamlakatlardan ikki tomonlama uchrashuvlar chog‘ida bu masalani ko‘tarishni so‘raymiz”, — dedi  Gebreyesus.

JSST rahbarining bayonoti koronavirus holatlari ko‘payganidan keyin vaksinalarni yangilash bo‘yicha muhokamalar chog‘ida e’lon qilindi. Garchi dunyo endi pandemiya xavfi ostida bo‘lmasa-da, olimlarning ta’kidlashicha, mamlakatlar virusning boshqa mutatsiyaga uchragan variantlari ustidan nazoratni kuchaytirishi kerak.

Hozirda COVID-19 ning kelib chiqishi haqidagi ikkita mashhur nazariya ko‘rib chiqilmoqda: virusning Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoridagi hayvonlardan odamga yuqishi yoki mahalliy laboratoriyadan sizib chiqishi.

“Tez orada javob olamiz. Bu vaqt masalasi”, — deya qo‘shimcha qildi Gebreyesus.

COVID-19 epidemiyasi birinchi marta 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 2020-yil 30-yanvarda JSST ushbu epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat, 2020-yil 11-martda esa pandemiya deb eʼlon qilindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?