date
views 387

Saudiya shahzodasi mamlakat yadroviy bomba yaratishi mumkinligini aytdi

Saudiya shahzodasi mamlakat yadroviy bomba yaratishi mumkinligini aytdi

Foto: Getty Images

Agar Eron yadroviy qurol ishlab chiqsa, Saudiya Arabistoni ham “kuch muvozanatini saqlash uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan” shunday qadam tashlashi kerak, dedi qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

“Har qanday davlatning yadro qurolidan foydalanishi uning butun dunyo bilan urush holatida ekanini anglatadi. Dunyoga boshqa Xirosima kerak emas. Agar dunyo 100 000 kishi halok bo‘lganini ko‘rsa, bu sizning butun dunyo bilan urushayotganingizni anglatadi”, — dedi shahzoda.

U Saudiya bunday qurollarga intilmasligini, biroq “Eronning yadroviy dasturi boshqa tanlov qoldirmayotganini” ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni dastlab Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilgan; rasmiylar mintaqaning yadrosiz maqomini yoqlab chiqqan, ammo 2011 yilda ular o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirdi va agar qo‘shni davlatlar yadroviy qurolga ega bo‘lsa, xuddi shunday choralarni ko‘rishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.

Shahzoda avval ham mamlakat yadroviy bomba yaratishga tayyorlanishi haqida ogohlantirgan, xususan, 2018 yilda u qirollik bu borada Erondan “o‘rnak olayotganini” ta’kidlagan edi.

Saudiya Arabistoni rasmiylari yaqin kelajakda Eron bilan urush boshlanishi mumkinligini istisno qilmayapti. 2018 yilda valiahd dunyoning boshqa davlatlarini iqtisodiy va siyosiy bosim uchun Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.

“Agar ishimizning uddasidan chiqmasak, 10-15 yildan keyin Eron bilan urush qilishimiz mumkin”, — degan Muhammad bin Salmon.

AQSH hisob-kitoblariga ko‘ra, Eron hukumati yadroviy qurol yaratishga qaror qilsa, bu bir necha oy ichida amalga oshirilishi mumkin, maxsus yoqilg‘i yaratishga esa 12 kun ketadi. Oq uyning fikricha, Eronga “hech qanday sharoitda” bunga ruxsat berilmasligi kerak. Agar Tehron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, Isroil “harakat erkinligini” oladi, dedi AQSH rasmiylari.

Eron rasmiylari yadroviy qurol bo‘yicha rejalar yo‘qligini ta’kidlab, xorijiy davlatlar da’volarni yolg‘on deb atamoqda. MAGATE Eron yadro quroli ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgani haqida hech qanday dalil yo‘qligini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya shahzodasi mamlakat yadroviy bomba yaratishi mumkinligini aytdi