date
views 542

Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi

Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi

Foto: CCBY

Gretsiyada qo‘ylar galasi issiqxonaga kirib, nasha plantatsiyasini yeb tashladi. Bu haqda Greek Reporter xabar bermoqda.

Yarmini suv bosgan Saloniki tekisligida o‘tlab yurgan qo‘ylar ozuqa izlab tibbiy nasha yetishtiruvchi fermerning issiqxonasiga bostirib kirgan. Qo‘ylarni qidirib fermaga yetib kelgan cho‘pon suruvning g‘alati xatti-harakatlariga qarab, ular anchagina kannabis yeyishga muvaffaq bo‘lganini taxmin qildi.

Keyinchalik fermer hayvonlar 100 kilogrammga yaqin nasha hosilini nobud qilganini aniqladi. Shu bilan birga, u jurnalistlarga avval hosilning bir qismi “Daniel” bo‘roni tufayli zarar ko‘rganidan shikoyat qildi.

 “Kulishni ham yig‘lashni ham bilmayman”, — dedi u voqeaga izoh berib.

Qo‘ylarning kannabis issiqxonasiga bostirib kirishiga katta ehtimol bilan o‘t-o‘lanlar taqchilligi sabab bo‘lgan. Yaqinda sodir bo‘lgan dahshatli bo‘ron va suv toshqinlari tufayli Gretsiyadagi ko‘plab yaylovlar, ayniqsa Saloniki tekisligini suv bosdi, chorva mollari ozuqasiz qoldi, ba’zi ekinlar nobud bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi