date
views 209

Ozarboyjonning Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Ozarboyjonning Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Foto: Sputnik / Mihail Voskresenskiy

Ozarboyjonning Qorabog‘ viloyatidagi Shusha shahri 2024 yil uchun Islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.

Bu haqda Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida ma’lum qilindi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi.

Shusha shahri Ozarboyjon tarixiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, islom sivilizatsiyasi ramziga aylandi.

2022 yil Ozarboyjonda Shusha yili deb e’lon qilindi. Shusha madaniy hayotini jonlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musiqa bayramlari, she’riyat kunlari, ko‘plab mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TÜRKSOY) Shusha shahrini 2023 yil uchun turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qildi.

Shundan so‘ng tadbirda Shusha haqida videorolik namoyish etildi.

2020 yil 8 noyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Shushi shahri arman bosqinidan ozod qilinganini e’lon qildi. Shahar markazida Ozarboyjonning uch rangli bayrog‘i ko‘tarildi.

Shusha shahri 1992 yil 8 mayda Armaniston qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarboyjonning Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilindi