Foto: Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning 24 sentyabrda mustaqillik haqidagi murojaatini «Moskva rad etishini» bildirdi.
«Armaniston Respublikasi bosh vaziri Pashinyanning 2023 yil 24 sentyabrda mustaqillik haqidagi murojaati Rossiyaga qarshi qabul qilib bo‘lmaydigan bayonotlarni o‘z ichiga oladi va uni rad etishdan boshqa hech narsaga sabab bo‘lolmaydi. Ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasidan soqit qilishga, aybni Moskvaga to‘nkashga urinish ko‘rinib turibdi», deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, «Pashinyanning so‘nggi gaplari Rossiya Federatsiyasining G‘arbdan ilhomlantirilgan va rasmiy Yerevan tomonidan turtkilangan, [Rossiya bilan] o‘z mamlakati va ittifoqdoshlik munosabatlari uchun buzg‘unchi bo‘lgan jarayonlar epizodik emas, balki tizimli xarakterga ega ekani haqidagi oldingi xulosalarini tasdiqlaydi».
Armaniston hukumati rahbari, aslida, bu vaqt davomida respublika ataylab Rossiyadan yuz o‘girishga tayyorgarlik ko‘rganini tan oldi, deb ta’kidladi Rossiya TIV.
«Armaniston taraqqiyotining yangi g‘arbiy vektorini belgilashga qaratilgan qadamlar Rossiya Federatsiyasi va KXSHT tomonidan go‘yoki yo‘l qo‘yilgani aytilgan xatolar bilan izohlangan. Shu bilan birga, bizning mamlakatlarda xavfsizlik va taraqqiyot masalalarida manfaatlar o‘xshash ekani esdan chiqarilyapti. AQSH va NATO davlatlari esa nafaqat Rossiyaga strategik zarar yetkazish, balki umumiy Yevrosiyo makonini beqarorlashtirishni maqsad qilgan», deyiladi bayonotda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!