Olmaotadagi qurol sotiladigan barcha do‘konlar yopildi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi barcha qurol do‘konlari noma’lum muddatgacha yopib qo‘yildi. Bu haqda Tengrinews.kz'ga asoslanib "Kun" xabar berdi.
Qurol do‘konlarini qo‘riqlash ishlari kuchaytirilgan.
Ayni vaqtda shahardagi Almalinsk tumani IIB binosi yaqinida otishma ovozlari eshitilgach hudud polisiyachilar halqasi bilan o‘rab olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, guvohlar boshqa bir tumandagi Nikolinsiy bozori yaqinida ham o‘q ovozlarini eshitishgan.
Shaharda aholiga uylardan va ofislardan tashqariga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Otishma yuz bergan hududlarga maxsus xizmat vakillari hamda tibbiyot xodimlari etib borgan.
Kamida 2 kishining o‘qotar quroldan jarohatlangani ma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing