Keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari minalardan tozalash guruhlari 9992 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi erlarini portlovchi obyektlardan tozaladi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi.
Urush boshlanganidan beri sapyorlar 120 mingdan ortiq portlovchi moddalar topib, zararsizlantirgan.
Ma’lum qilinishicha, birgina o‘tgan haftaning o‘zida ukrainalik sapyorlar tomonidan 860 gektarga yaqin maydon minalardan tozalangan. Mazkur jarayonda 3168 ta portlovchi qurilma zararsizlantirilgan.
Rasmiy Kiyevning xabar berishicha, minalardan tozalashning umumiy qiymati kamida 400 million dollarni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar