date
views 185

Turkiya butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasini boshladi

Turkiya butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasini boshladi

Foto: AP

Turkiya xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab «Qahramonlar» deb nomlangan keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasini o‘tkazmoqda. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Mersin, Van, Shonliurfa, Mardin va Oydinda terrorchilik tashkiloti a’zoligida gumon qilingan 12 nafar shaxs qo‘lga olingan. Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan aloqadorlikda gumonlanganlar ham ushlanmoqda.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, ertalab soat 8:30 holatiga ko‘ra Turkiya 13440 nafar xavfsizlik xodimi ishtirokida 466 ta aksilterror operatsiyasi o‘tkazgan.

Diyorbaqir, G‘oziantep, Istanbul, Bursa, Botmon, Denizli, Adana, Qayseri, Antaliya, Ko‘nyo, Isparta va Kojaelida kamida 55 nafar «terrorchilikda gumonlangan shaxs» hibsga olingan.

May oyida Turkiya Ichki ishlar vazirligining aksilterror bo‘limi hakerlarga qarshi o‘tkazgan operatsiyasi doirasida 32 kishini qo‘lga olgan edi. Qayd qilinishicha, ular 10 mingta veb-saytga kiberhujum uyushtirishni rejalashtirgan, shundan 450 tasi mamlakat davlat idoralariga tegishli.

1 oktyabr kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligining Anqaradagi bosh xavfsizlik boshqarmasi yaqinida terakt sodir etildi. Mas’uliyatni KIP a’zolari o‘z zimmasiga olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasini boshladi
-->