date
views 225

Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib boryapti

Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib boryapti

Foto: Lisi Niesner/REUTERS

Germaniya federal hukumati bir qator davlatlar bilan Germaniyadan noqonuniy migrantlarni vataniga tezda qaytarishni ta’minlaydigan «migratsiya hamkorligi» bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda gap olti davlat haqida bormoqda, dedi 3 oktyabr, seshanba kuni mamlakat IIV vakili. Bular - Gurjiston, Moldova, Keniya, Kolumbiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston.

Markaziy Osiyoning ikki davlati bilan muzokaralar allaqachon ancha oldinga siljigan. May oyi boshida O‘zbekiston bilan, sentyabr oxirida esa Qirg‘iziston bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, gap noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish va ayni paytda Germaniyaga qonuniy immigratsiya uchun imkoniyatlar yaratish haqida ketmoqda.

Germaniya hukumatining migratsiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus komissari Yoaxim Shtamp sentyabr oyida Keniyada muzokaralar olib bordi.

Kolumbiya, Ichki ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, bu ro‘yxatga, xususan, mamlakat fuqarolarining boshpana so‘rab yo‘llagan murojaati soni 2018 yildagi 140 tadan 2023 yilning birinchi yarmida 1500 tagacha ko‘paygani tufayli kiritilgan. Uning aniqlik kiritishicha, «Gurjiston va Moldova alohida ustuvorlikka ega, chunki Germaniyada boshpana so‘rash bo‘yicha rad etilgan arizalarning o‘n foizdan ko‘prog‘i faqat shu ikki davlat fuqarolaridan kelib tushgan». Shu tariqa, 2023 yilning yanvaridan avgustigacha Gurjiston fuqarolaridan 7405 ta, Moldovadan 2124 ta murojaat kelib tushdi.Tbilisi va Kishinyov hukumatlari muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

Ayni paytda, federal hukumat Hindiston bilan tayyor migratsiya kelishuviga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib boryapti