date
views 118

Oxirgi uch kun ichida Eronda 450 dan ortiq odam suv toshqinidan jabr ko‘rdi

Oxirgi uch kun ichida Eronda 450 dan ortiq odam suv toshqinidan jabr ko‘rdi

Foto: Azerbaycan24

Eronning olti viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 457 kishi jabrlandi. Bu haqda ISNA agentligi ma’lum qildi.

Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, Meshginshehrada bir inson tabiiy ofat natijasida vafot etgan.

Hammasi bo‘lib, kamida 15 ta shahar suv toshqinidan zarar ko‘rgan, ularning aholisiga 59 ta tezkor guruh, jumladan, 204 nafar qutqaruvchi yordam bermoqda.

Suv toshqinidan jabrlanganlarga zarur vositalar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda, ularning bir qismi favqulodda xizmatlar tomonidan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik yashash joylari bilan ta’minlanyapti.

Agentlik qayd etishicha, tabiiy ofatdan eng ko‘p Islom Respublikasi shimoli-g‘arbida joylashgan Ardabil, G‘arbiy Ozarbayjon va Sharqiy Ozarbayjon kabi hududlar jabr ko‘rgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oxirgi uch kun ichida Eronda 450 dan ortiq odam suv toshqinidan jabr ko‘rdi