Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Qur’on yoqishni jirkanch ish ekanligini, bunday voqealar davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi aytdi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
“Qur’onni jirkanch tarzda yoqib yuborilishi kabi qasddan qilingan provokatsiyalar mamlakatlar va jamiyat o‘rtasida bo‘linish yaratish uchun mo‘ljallangan”, – deydi Volker Turk.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning yoz oyida Shvetsiya va Daniyada Qur’on yoqish bilan bog‘liq bir nechta voqealar yuz berdi. Xususan, Shvetsiyada iroqlik muhojirlar Salvan Momika va Salvan Najem parlament binosi yonida muqaddas kitobni yoqib yuborgandi. Daniyada esa siyosatchi, o‘ng qanot Stram Kurs (Qattiq kurs) partiyasi asoschisi Rasmus Paludan bir emas, bir necha marta Qur’onni yoqib yuborgan edi.
Bu harakatlar butun dunyo musulmonlarini g‘azablantirib, Yaqin Sharqning bir qancha mamlakatlaridagi Shvetsiya diplomatik vakolatxonalariga hujumlar bo‘lishiga sabab bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!