date
views 974

Putin Falastin—Isroil mojarosiga munosabat bildirdi

Putin Falastin—Isroil mojarosiga munosabat bildirdi

Foto: “TASS”

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Falastin—Isroil mojarosining keskin tus olishi AQSHning Yaqin Sharqdagi siyosati muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq, chunki Vashington “har ikki tomon uchun murosa topish tashvishini qilmagan”. Putin bunday fikrini Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy bilan uchrashuvda bildirdi.

Bu AQSHning Yaqin Sharqdagi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga yaqqol misol, degan fikrimga ko‘pchilik qo‘shilsa kerak deb o‘ylayman — Qo‘shma Shtatlar tomonlar o‘rtasidagi kelishuvni monopol qilishga urindi. Ammo, afsuski, ular har ikki tomon uchun murosa topish bilan shug‘ullanmadi, aksincha, buni qanday qilish borasida o‘z g‘oyalarini ilgari surdi, har ikki tomonga bosim o‘tkazdi”, — dedi Putin Falastin—Isroil o‘rtasida qayta boshlangan urushga ilk bor izoh berib.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSH “Falastin xalqining asosiy manfaatlarini” hisobga olmadi.

Men, birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashining mustaqil suveren Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi qarorlarini amalga oshirish zarurligini nazarda tutyapman”, — dedi u. Putin aynan qaysi qarorlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya pozitsiyasi “tinch aholiga yetkaziladigan zararni minimallashtirish va nolga tushirishni yoqlash” bo‘lib, Rossiya hukumati “barcha qarama-qarshi tomonlarni bunga chaqiradi”.

7 oktyabr kuni ertalab HAMAS Isroilga hujum qildi. Ular besh mingga yaqin raketa otib, Isroil bilan chegara hududlarni egallashga va Isroil harbiylari bilan jangga kirishdi. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektoriga yirik hujumlarni boshladi. Har ikki tomondan yuzlab tinch aholi halok bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Falastin—Isroil mojarosiga munosabat bildirdi