date
views 279

Zelenskiy ikkinchi muddatga saylanish rejalari haqida gapirdi

Zelenskiy ikkinchi muddatga saylanish rejalari haqida gapirdi

Foto: Andrei Pugnovschi/Bloomberg

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat davom etsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini aytdi. Bu haqda u Digi24telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi Ukraina OAV.

«Agar urush tugasa - yo‘q. Urush paytida men qochib keta olmayman», - degan Zelenskiy.

«2024 yilda urush davom etsa va saylovlar o‘tkazilsa, men hech qachon o‘z vatanimni tark etmayman», - deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Shu bilan birga, u urush qachon tugashini bilmasligini ta’kidladi. Biroq davlat rahbari hozir uning «oxirgi bosqichi» ekanini aytdi. «O‘ylaymanki, biz oxirgi qismdamiz. Bizda juda ko‘p qo‘rquvlar bor: pul, qurol. Ammo biz oxirgi, eng qiyin qismida turibmiz», — dedi Zelenskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy ikkinchi muddatga saylanish rejalari haqida gapirdi