date
views 1 030

AQSHning Eronga zarbasi Ukrainaga qanday ta’sir qilishi aytildi

AQSHning Eronga zarbasi Ukrainaga qanday ta’sir qilishi aytildi

Bir qator amerikalik siyosatchilar Isroildagi keskinlashuv tufayli chaqirayotgan AQSHning Eronga potensial zarbasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga katta zarar yetkazadi va dunyoning diqqat markazi nihoyat Yaqin Sharqqa o‘tadi. Bu fikrni senator Aleksey Pushkov bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Aleksey Pushkov AQSHda Eronga qarshi koalitsiya allaqachon tuzilayotganini, bu koalitsiya Islom Respublikasini “Hizbulloh” va XAMASni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, unga qarshi zarba berishga chaqirayotganini ta’kidladi.

Agar Qo‘shma Shtatlar shu yo‘ldan borsa, unda Yaqin Sharqdagi inqiroz, albatta, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga kuchli zarba beradi – diqqat markaz nihoyat Yaqin va O‘rta Sharqqa qaratiladi”, — dedi Pushkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bunday ssenariy bo‘lishi dargumon. Lekin hech narsani inkor etib bo‘lmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Eronga zarbasi Ukrainaga qanday ta’sir qilishi aytildi