date
views 305

Yil boshidan beri Rossiya armiyasiga qancha askar qabul qilingan?

Yil boshidan beri Rossiya armiyasiga qancha askar qabul qilingan?

2023 yil boshidan buyon 357 mingdan ortiq kishi Rossiya Qurolli Kuchlariga qabul qilindi. Bu raqamni mamlakat Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

«Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvardan hozirgi kungacha 357 mingdan ortiq kishi qo‘shinlarga qabul qilingan», — deb yozadi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raqamga zahiradagi qo‘shinlardan kelgan va shartnoma tuzganlar, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlariga kirgan ko‘ngillilar kiradi.

5 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 335 ming rossiyalik mamlakat Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada urush boshlangach, Rossiya katta yo‘qotishlarga uchragani aytib kelinadi. AQSH razvedkasiga ko‘ra Rossiya qariyb 120 ming, Ukraina tomoniga ko‘ra, 250-260 ming askar yo‘qotgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yil boshidan beri Rossiya armiyasiga qancha askar qabul qilingan?