Aleksey Navalniyning advokatlari ekstremizmga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olindi
Aleksey LipserFoto: “Kommersant”
Sud va tergovlarda muxolifatchi Aleksey Navalniyning manfaatlarini himoya qilgan advokatlar ekstremizmga aloqadorlikda ayblanib, ikki oy muddatga hibsga olindi, debxabar beradi“Kommersant”.
Tergov qo‘mitasi Tergov bosh boshqarmasining versiyasiga ko‘ra, Aleksey Lipser, Igor Sergunin va Vadim Kobzev ikki yil davomidaNavalniydan Rossiya hamda xorijdagi hamfikrlarining harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni, ularga bo‘lsa, ko‘rsatmalarni yetkazib turgan. Rossiya Advokatlar federal palatasi himoyachilarga nisbatan jinoiy ta’qibning asosliligi tekshirilishini ma’lum qildi.
Aleksey Navalniy yuzaga kelgan vaziyatnisovet davridagi “qonuniy vaziyat”ga qiyosladi.
Aleksey Navalniyning advokatlari tintuvdan o‘tkazilayotgani haqida 13 oktyabr tongida muxolifatchining sheriklari Vyacheslav Gimadi va Ivan Jdanov ma’lum qilgandi. Tergov harakatlari Igor Serguning va Aleksey Lipserning poytaxtdagi kvartiralarida o‘tkazilgan, shundan keyin u Tergov bosh boshqarmasi binosiga so‘roq uchun olib ketilgan. Advokat Vadim Kobzev esa Kovrov tumanida ushlangan. Shu kuni u Aleksey Navalniyni ikkita da’vo bo‘yicha sudda himoya qilish kerak edi.
Avgust boshida Moskva shahar sudi Vladimirdagi qattiq tartibli koloniyada o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosatchi Aleksey Navalniyni 19 yilgaqamagandi. Muxolifatchi unga qamoq muddati berilgach,“Stalin davridagi kabi” nola qilmaslikni tavsiya qilgandi. “Yaxshisi, o‘ylab ko‘ring, nega bunday katta muddat berilyapti? Buning asosiy maqsadi — qo‘rqitish. Meni emas, sizlarni”, — degan Navalniy sud hukmidan oldin.