07:03 / 15.10.2023
707

Ekspert: Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida hududlarning bir qismidan voz kechadi

Ekspert: Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida hududlarning bir qismidan voz kechadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida hududlarning bir qismidan voz kechadi. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

U katta ehtimol bilan Odessa va Xarkovdan voz kechadi. Ruslar mojaroga chek qo‘yish shartlarini o‘zgartirmagan. Avvalo, Ukraina, to‘g‘rirog‘i, undan qolgan narsa betaraf bo‘lishi kerak”, — deydi ekspert.

Uning fikricha, AQSH yordamisiz Ukraina qarshilik ko‘rsata olmaydi.

Agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishni to‘xtatsa, NATOning boshqa a’zolari ham shunday qiladi. Shunda Ukraina ruslarga umuman qarshilik ko‘rsata olmaydi va bu Zelenskiy uchun yakun bo‘ladi”, — dedi u.

U “bunday harakatlar biz Kiyevni bundan buyon qo‘llab-quvvatlamasligimiz haqida Rossiya uchun aniq signal bo‘ladi”, deya xulosa qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo