216
HAMAS Isroil hujumlarini to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni ozod qilishga va’da berdi
Foto: Getty Images
Agar Isroil armiyasi G‘azo sektoriga berilayotgan zarbalarni to‘xtatsa, HAMAS garovga olingan fuqarolarni darhol ozod qilishga tayyor. Bu haqda HAMAS tashkilotining ismini oshkor qilmagan yuqori martabali mulozimi NBC News telekanaliga aytgan.
Agar Isroil bu shartni bajarsa, garovga olinganlar bir soat ichida ozod etilishi mumkin, dedi HAMAS vakili.
Shu bilan birga, HAMAS garovda ushlab turilgan harbiylarni ozod qilinishi uchun Isroil qamoqxonlaridagi barcha falastinliklarning qo‘yib yuborilishini istamoqda.
HAMAS vakili so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Isroil garovdagi fuqarolarning ozod qilish shartlaridan xabardor, chunki HAMAS bu shartlarni ba’zi arab davlatlari yetakchilari bilan suhbatda oshkor qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi