20:22 / 18.10.2023
1 373

Putin Ukrainadagi mag‘lubiyat haqidagi savolga javob qaytardi

Putin Ukrainadagi mag‘lubiyat haqidagi savolga javob qaytardi

Foto: Pedro Pardo / AFP / Scanpix / LETA

17-18 oktyabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurdi. Rossiya prezidenti Yevrosiyo mamlakatlarida iqtisodiy sheriklik va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha Xitoy tashabbusi bo‘lgan «Bir kamar, bir yo‘l» forumida ishtirok etdi. Putin forumda nutq so‘zladi va Xitoy raisi Si Jinping, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar o‘tkazdi. So‘ngra u tashrif yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Meduza Putinning nutqi mazmunini qisqacha keltirdi.

AQSH tomonidan Ukrainaga ATACMS raketalari yetkazilishi to‘g‘risida

Bu qo‘shimcha tahdidlarni keltirib chiqaradi, ammo biz bu hujumlarni albatta qaytara olamiz. Urush — bu urush. Ammo eng muhimi shundaki, u front chizig‘idagi vaziyatni tubdan o‘zgartirishga qodir emas. Bu Qo‘shma Shtatlarning yana bir xatosi. Ular bu mojaroga tobora ko‘proq jalb qilinmoqda. Bu aniq narsa. Va hech kim ularning bu urushga aloqasi yo‘qligini aytmasin. Aloqasi bor deb hisoblaymiz.

Bunda Ukraina uchun ham yaxshi narsa yo‘q. Bu shunchaki ularning azobini uzaytiradi. Mana ular Xerson yo‘nalishida uzoq vaqtdan beri e’lon qilinayotgan va uzoq kutilgan qarshi hujumni boshladilar. Natija yo‘q, yo‘qotishlar bor. Xuddi Zaporijjya va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi.

Urushda Rossiyaning mag‘lubiyati haqida

Agar Rossiya urushda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, nega ATACMS raketalari yetkazib berilishi kerak? Unda AQSH ATACMS va boshqa barcha qurollarni qaytarib olsin. Bayden quymoq yesin, choy ichish uchun ziyofatimizga kelsin.

Ukraina bilan muzokaralar haqida

Yaqin-yaqingacha Rossiyaning jang maydonida strategik mag‘lubiyatga uchrashini istagan mas’ullar boshqacha ovozda gapirganini eshityapmiz. Ular bu muammolarni tinch muzokaralar orqali hal qilishni taklif etmoqda. Bu to‘g‘ri transformatsiya. Janob Borrell allaqachon bu haqda gapirmoqda. Buning uchun uni maqtayman.

Agar Ukraina tomoni haqiqiy muzokara jarayonini istasa, u holda buni qandaydir teatrlashtirilgan imo-ishoralar bilan emas, balki Ukraina prezidentining muzokaralarni taqiqlash haqidagi farmonini bekor qilishi kerak.

Si Jinping bilan muzokaralar haqida

Biz cheklangan formatda biznes tushlik qildik, unda ikki tomonning tashqi ishlar vazirlari ham ishtirok etdi. Keyin rais Si bizni alohida suhbatga taklif qildi. U bilan yuzma-yuz, bir piyola choy ustida suhbatlashdik. Bu juda samarali va mazmunli suhbat bo‘ldi. Biz bir yarim soatdan ikki soatgacha suhbatlashdik, butunlay maxfiy xarakterdagi ayrim masalalarni muhokama qildik.

G‘azodagi shifoxonaga qilingan hujum haqida

Bu dahshatli voqea, falokat. Yuzlab o‘lganlar va yuzlab yaradorlar. Umid qilamanki, bu mojaro imkon qadar tezroq tugashi kerakligi haqida signal bo‘ladi. Men mintaqadagi besh nafar yetakchi bilan gaplashdim va hech kim mojaro davom etishini, vaziyat yomonlashishini xohlamaydi degan taassurot oldim.

Biz har doim poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil, suveren Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lganmiz. Hozirgi inqiroz bu muammoni hal qilishga yordam beradimi yoki yo‘qligini bilmayman, lekin agar shu amalga oshsa, bu to‘g‘ri bo‘lar edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo