date
views 184

AQSH Vakillar palatasi ikkinchi marta spikerni saylay olmadi

AQSH Vakillar palatasi ikkinchi marta spikerni saylay olmadi

Foto: Getty Images

AQSH Vakillar palatasida spikerni saylash jarayoni ikkinchi marta muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda CNN yozdi.

Qayd qilinishicha, Vakillar palatasi Adliya qo‘mitasi rahbari, respublikachi Jim Jordan saylovda 199 ovoz to‘pladi, demokratik ozchilik nomzodi Hakim Jeffris 212 ovoz yig‘di. Spiker lavozimiga saylanish uchun 217 ovoz to‘plash talab qilinardi.

3 oktyabr kuni Vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar vakili Kevin MakKarti spikerlik lavozimidan chetlatildi. Keyinchalik u Jim Jordan nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Yangi spiker uchun ovoz berishning birinchi bosqichi 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Jim Jordan 200 ovoz, Hakim Jeffris 212 ovoz to‘plagan edi.

Politico xabariga ko‘ra, Jordan markazchi respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi, chunki u AQSH ichki muammolariga e’tibor qaratish tarafdori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Vakillar palatasi ikkinchi marta spikerni saylay olmadi