Tatariston rahbari 15 yoshli Adam Qodirovni orden bilan taqdirladi

1 daqiqa o'qish324
Tatariston rahbari 15 yoshli Adam Qodirovni orden bilan taqdirladi

Foto: Telegram

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adamni “Duslik” (“Do‘stlik”) ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Checheniston Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 15 yoshli Adam Qodirov “millatlararo hamda konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” taqdirlangan. Delimxonovning aytishicha, mukofotni Qodirovning o‘g‘liga Minnixonov shaxsan topshirgan.

Delimxonov “Grozniy Siti” oldida Ramzan Qodirov, Adam Qodirov va Rustam Minnixonov bilan tushgan suratini chop etdi. Suratda Adam Qodirovning ko‘ksida medal ko‘rinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi tergovchisi Oleg Emelyanovning ta’kidlashicha, 24 oktyabr kuni Minnixanovning biznes-jeti Chechenistonga uchib ketgan.

Ramzan Qodirov Minnixonov Chechenistonga tashrif buyurganini tasdiqladi.

“Men Rustam Nurgaliyevichdan Qodirovlar oilasi vakiliga “Duslik” ordenini topshirgani uchun minnatdorman”, — dedi u Tatariston rahbari bilan uchrashuvdan keyin.

“Duslik” ordeni Tataristonda 2015 yilda tasdiqlangan. Orden bilan Rossiya va boshqa mamlakatlar fuqarolari “Tatariston Respublikasi davlatchiligini rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va sportni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun” taqdirlanadi.

Ushbu ordenni olishdan avval “Tatariston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medalini olish kerak. Adam Qodirovning bunday medal bilan taqdirlangani haqida xabar berilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?