11:12 / 27.10.2023
294

Rossiya Moskvada HAMAS delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Rossiya Moskvada HAMAS delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya HAMAS harakati delegatsiyasini rasman qabul qildi. «HAMAS qarshilik harakati siyosiy byurosi a’zosi Abu Marzuk Moskvada. U bilan G‘azo sektorida garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish bo‘yicha Rossiya liniyasining davomi hamda Rossiya va boshqa chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasi muhokama qilindi», — deya «Interfaks» agentligi Rossiya TIV bayonotidan iqtibos keltiradi.

O‘z navbatida, HAMAS Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrikadagi maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan Moskvada uchrashuv bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. «Harakat delegatsiyasi sionistlarning G‘azo sektoriga bo‘lgan tajovuzini hamda AQSH va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan sionistik jinoyatlarni to‘xtatish yo‘llarini ko‘rib chiqdi», - deyiladi HAMASning Rossiya Telegram-kanallari orqali bergan bayonotida.

Ayni vaqtda, Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ali Bageri Qani Moskvaga tashrif buyurdi. Rossiya TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Eron yadro dasturi masalalari, shuningdek, Kavkazortidagi hozirgi vaziyat muhokama qilingan.

7 oktyabr kuni HAMAS jangchilari Isroilga hujum uyushtirdi. O‘shandan beri Isroil HAMAS nazorati ostidagi aholi zich joylashgan Falastin hududlariga yirik havo hujumlarini amalga oshiryapti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo