date
views 373

Moskvada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan migrantlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

Moskvada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan migrantlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

Foto: RIA Novosti

RF Tergov qo‘mitasi Moskva bo‘limi Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarga nisbatan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash bo‘yicha 22 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Idoraning telegram-kanalida berilgan xabarga ko‘ra, 80 dan ortiq kishi Rossiya qurolli kuchlari safiga harbiy xizmatga jo‘natilgan.

Tergov qo‘mitasida qayd etishlaricha, Moskvadagi harbiy komissariatlar bilan birgalikda «harbiy xizmatdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida» chaqiriluvchilarning shaxsiy hujjatlari o‘rganilmoqda. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ish doirasida «bo‘yin tovlovchilarning Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olishi qonuniyligi tekshiriladi».

Qo‘mita qonunchilikka ko‘ra, agar shaxs «harbiy va muqobil davlat xizmatidan bo‘yin tovlagan bo‘lsa» RF fuqaroligi tugatilishi haqida ogohlantirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan migrantlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda
-->