23:09 / 29.10.2023
1 241

Xavfli bayonot: Eron Isroil «qizil chiziq»dan o‘tganini e’lon qildi

Xavfli bayonot: Eron Isroil «qizil chiziq»dan o‘tganini e’lon qildi

Eron prezidenti Ibrohim Raisi Isroilning harakatlari «qizil chiziq»ni bosib o‘tgani haqida aytdi.

«Vashington bizdan hech narsa qilmaslikni so‘raydi, lekin ular Isroilni keng qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. AQSH «Qarshilik ko‘rsatish o‘qi»ga bir qancha signallar yubordi, ammo jang maydonida aniq javob oldi», — deb yozdi u X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

«Qarshilik ko‘rsatish o‘qi»ga Yaqin Sharqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlar, jumladan, HAMAS ham kiradi.

AQSH rasmiylari Eronni kengroq mintaqaviy mojaroning oldini olish maqsadida urushga aralashmaslik haqida ogohlantirmoqda.

G‘azoda vaziyat keskinlashgach, Eron Isroil munosabatlari o‘ta taranglashdi.

Hatto, Isroil Iqtisodiyot va sanoat vaziri Nir Barkat Daily Mail gazetasiga bergan intervyusida Livandagi «Hizbulloh» guruhi shimolda ikkinchi front ochishga harakat qilsa, mamlakat kuchlari Eronga zarba berishini aytib tahdid qilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo