08:17 / 30.10.2023
203

Netanyaxu Isroil razvedkasini tanqid qilgan postini o‘chirib, ulardan uzr so‘radi

Netanyaxu Isroil razvedkasini tanqid qilgan postini o‘chirib, ulardan uzr so‘radi

Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu razvedka xizmatlarini tanqid qiluvchi post chiqarib, keyinroq uni o‘chirib tashlab, razvedkadan uzr so‘radi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Isroil bosh vaziri X ijtimoiy tarmog‘ida HAMASning Isroilga bostirib kirish niyati haqida hech qanday xabar olmaganini yozdi. Shuningdek, postida “barcha xavfsizlik xizmatlari, jumladan, harbiy razvedka rahbari HAMAS kelishuvga erishmoqchi, degan fikrda” degan ma’lumot bo‘lgan.

Netanyaxu tegishli posti sababli Isroilda tanqidga uchragan. Xususan, uni harbiy vazirlar mahkamasi a’zosi va Knesset a’zosi Benni Gans, Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid qoralagan. Ikkala siyosatchining aytishicha, hozir bunday izohlar vaqti emas.

Bugun kechqurun Netanyaxu qizil chiziqni kesib o‘tdi. Isroil razvedkasi va qo‘mondonlari HAMAS va “Hizbulloh”ga qarshi mardonavor kurashayotgan bir paytda, Netanyaxu ularni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularni ayblashga urinmoqda”, — deb yozdi Lapid ijtimoiy tarmoqda.

Isroil bosh vaziri shundan so‘ng postni o‘chirib tashladi va buning uchun uzr so‘radi.

Men xato qildim... Razvedka xizmatlarining barcha rahbarlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Men Isroil armiyasi Bosh shtab boshlig‘iga, shuningdek, bizning uyimiz uchun kurashayotgan frontda bo‘lgan qo‘mondon va askarlarga kuchlar yuboryapman”, — deb yozdi Netanyaxu.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo