date
views 530

Isroil 2,3 mln g‘azolikni Misrga ko‘chirishni taklif qildi. BMT javob qaytardi

Isroil 2,3 mln g‘azolikni Misrga ko‘chirishni taklif qildi. BMT javob qaytardi

Foto: AFP
Isroil rasmiylari G‘azo sektorining 2,3 million aholisini Misrning Sinay yarim oroliga ko‘chirishni taklif qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Tegishli tashabbus ilgari surilgan hujjatga 13 oktyabr sanasi yozilgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi hujjatni gipotetik jihatdan mumkin bo‘lgan muqobil variantlardan faqat bittasini ko‘rsatadigan “konsepsiya qog‘ozi” deb atadi.

Unda G‘azo sektori aholisini Sinay yarimoroli shimolidagi chodir shaharlarga ko‘chirish, u yerda doimiy shaharlar qurish va gumanitar koridor yaratish ilgari surilgan. Shu bilan birga, Razvedka vazirligi Isroil ichida falastinlik qochqinlarning mamlakatga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus xavfsizlik zonasi yaratishni taklif qildi.

Hujjatda G‘azo sektori aholisining ko‘chirilgandan keyingi taqdiri haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Gazeta mualliflari bu ssenariyni “Isroil xavfsizligi uchun eng maqbuli” deb atagan. Ushbu hujjat yuzasidan jiddiy muhokamalar bo‘lmagan.

“Isroilning hozirda HAMASning ma’muriy va harbiy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan birorta rasmiy platformada ertangi kun masalasi muhokama qilinmagan”, — deydi mamlakat bosh vaziri idorasi.

O‘z navbatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bunga qarshilik ko‘rsatib, Isroilning G‘azo sektorining 2,3 million aholisini majburiy ko‘chirilishiga qarshi ekanini qayd etdi.

“Biz odamlarni ommaviy majburiy ko‘chirilishga aniq qarshimiz”, — dedi BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil 2,3 mln g‘azolikni Misrga ko‘chirishni taklif qildi. BMT javob qaytardi