Foto: theins.ru
AQSH Ornitologiya jamiyati o‘tmishda quldorlik bilan aloqador odamlar ismi bilan atalgan qushlarning nomi o‘zgartirilishini e’lon qildi.
Hozir Shimoliy Amerikada irqchilik va quldorlik bilan bog‘liq tarixiy shaxslar nomi bilan atalgan o‘nlab qush turlari mavjud.
«Ismda kuch bor va ba’zi ingliz qush nomlari o‘tmish bilan zararli o‘xshatishlarni keltirib chiqaradi. Qushlarni yaxshi ko‘radigan va ularga g‘amxo‘rlik qiladigan har bir kishi ulardan bahramand bo‘lishi va ularni erkin o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», dedi Ornitologiya jamiyati prezidenti Kollin Xendel. Qayd qilinishicha, hammasi bo‘lib 70-80 qush nomi o‘zgartiriladi.
Jumladan, Odyubon jarqaldirg‘ochi nomi o‘zgartiriladi. U qul saqlagan ornitolog Jon Odyubon sharafiga nomlangan.
Odyubon
Shuningdek, tabiatshunos Aleksandr Vilson sharafiga nomlangan Vilson qamish qushi va Vilson loyxo‘raki, Kirtlend daraxt baqasi, Anna kalipta kolibrisi, general Uinfild Skott sharafiga nomlangan Skott zarg‘aldog‘i nomi ham o‘zgartiriladi. Ularning barchasi quldorlik bilan aloqador yoki irqiy ustunlik nazariyasi tarafdori bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, qushlar nomini o‘zgartirish jarayoni 2020 yilda qo‘ng‘ir Makkoun qushidan boshlangan. U ofitser Jon P.Makkoun sharafiga nomlangan edi. Hozir bu shaxs ko‘pchilik tomonidan quldorlik va irqchilik ramzi sifatida qabul qilinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring