20:54 / 07.11.2023
288

Olimlar: “Saturn halqalari 2025 yilga kelib yo‘qoladi”

Foto: NASA

NASA olimlari Saturn halqalarini 18 oydan so‘ng kuzatish imkoni yo‘qligini, chunki sayyor egilishi o‘zgarishini ma’lum qildi. Bu  haqda Daily Mail xabar berdi.

Saturn halqalari 70-140 ming kilometrga cho‘zilib, ularning qalinligi 10 metrdan oshmaydi. Orbitasining egilishi tufayli Saturn Quyosh tomon bir oz tebranadi. Bu har 13,7-15,7 yil Yerdagi kuzatuvchilar halqalarni yon tomondan yaxshi ko‘rishini anglatadi. Hozirda ular Yerga nisbatan to‘qqiz daraja burchak ostida pastga egilgan.

Saturn halqalari asosan sayyoraning tortishish kuchi bilan tortib olingan muz, tosh va chang bo'laklaridan iborat
Foto: NASA

Biroq 2024 yilga kelib, egilish 3,7 darajaga tushadi. 2025-yilda esa Saturn Yerga yaqinlashadi va bu uning halqalarini deyarli ko‘rinmas holga keltiradi. Ammo Saturnning egilishi yana o‘zgarganda, halqalarni ko‘rish mumkin. Astronomlar sayyoraning janubiy qutbini, o‘n yarim yil davomida tadqiqot olib borib bo‘lmaydigan halqalarning pastki qismini ko‘rishlari mumkin. Uni 2032-yilda to‘liq kuzatib bo‘ladi.

Saturn — Quyosh tizimidagi ikkinchi eng katta sayyora. Uning radiusi Yernikidan qariyb to‘qqiz baravar katta, biroq u past zichlikka ega va Yerdan atigi 95 marta kattaroqdir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo