date

Qozog‘istonlik “Vanga” qaysi davlatning barbod bo‘lishini bashorat qilganini bilasizmi?

Qozog‘istonlik “Vanga” qaysi davlatning barbod bo‘lishini bashorat qilganini bilasizmi?

Qozog‘istonlik ekstrasens Vera Lion Xitoy, Rossiya va AQShning kelajakdagi taqdirlari haqida gapirdi, deb xabar bermoqda "Diydoraziz" nashri.

Vera Lion Qozog‘istonda yashovchi mashhur ekstrasens. Maslahat olish uchun mamlakatning turli burchaklaridan odamlar uni izlab keladilar. Qozog‘istonliklar uni “o‘zimizning Vanga” deyishga odatlanishgan. Shu kunlarda Vera siyosiy masalalar bo‘yicha bashoratlarini bayon qilgan. Veraning bashoratlari ko‘pincha to‘g‘ri chiqqanligi uchun ham halq orasida mashhurdir.

Vera shunday bashorat qiladi:

“Yaqin kelajakda Xitoyning geosiyosatdagi o‘rni sustlashadi. Rossiya esa aksincha kuchayib, Qozog‘iston va Ukraina xududlari hisobiga kengayib boradi.”

Vera Leon xatto AQShning taqdiri haqida ham bashorat qilgan. Unga ko‘ra:

“AQSh yaqin kelajakda barbod bo‘ladi. Mamlakatda xaos hukm suradi. Bu Rossiya va uning qatorida boshqa mamlakatlarning AQSh dollaridan voz kechganliklari bilan bog‘liq bo‘ladi.”

Vera Leonening bashoratlarini Qozog‘istonning newinform.com internet nashri ommalashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik “Vanga” qaysi davlatning barbod bo‘lishini bashorat qilganini bilasizmi?