18:35 / 10.11.2023
184

Ukraina rahbariyatidagilar Zalujniy va Zelenskiy o‘rtasidagi ixtilofni rad etmoqda

Ukraina rahbariyatidagilar Zalujniy va Zelenskiy o‘rtasidagi ixtilofni rad etmoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati/ Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix

Ukraina prezidenti ofisidagilar qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning The Economist jurnaliga frontdagi vaziyat bo‘yicha bergan intervyusidan keyin mamlakatning harbiy va siyosiy rahbariyati o‘rtasidagi bo‘linish belgilarini ko‘rmayapti. Bu haqda jurnalistlari Ukraina rasmiy shaxslari bilan gaplashgan Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zalujniyning so‘zlariga ochiqchasiga e’tiroz bildirganidan so‘ng tomonlar o‘rtasida jiddiy ziddiyat borligi haqida taxminlar paydo bo‘lgandi. Xususan, The New York Times gazetasida «bo‘linish kuchayishi» belgilari haqida maqola nashr etildi.

The Economist uchun intervyusida Ukraina QK bosh qo‘mondoni boshqa narsalar qatori Rossiya bilan urush «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani», ukrainlarning hujumi ko‘p yillarga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan pozitsion urushga aylanayotgani haqida gapirgan. Zalujniy bu vaziyatdan chiqish uchun Ukrainaga innovatsion harbiy yexnologiyalar darkorligini ta’kidlagan.

Bunga javoban Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva Zalujniyning intervyusi xalqaro hamkorlarda «vahima kayfiyati» uyg‘otganini aytdi. U frontdagi vaziyatni sharhlamaslik kerakligi, chunki bu «agressorning ishini yengillashtirishi»ni bildirgan. Jovkvaga ko‘ra, «qurol tinchlikni yaxshi ko‘radi», u haqidagi suhbatlar «ziyon yetkazadi», shu sababli Ukraina QK bosh qo‘mondoni bayonotlari ko‘plab savollarni yuzaga keltirdi.

On viskazal mneniye, chto proisxodyasheye na fronte ne nujno kommentirovat, potomu chto eto «oblegchayet rabotu agressoru». «Agar shu yo‘l bilan [maqola evaziga] qandaydir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘layotgan bo‘lsak — bu ehtimol qandaydir chuqur ma’noli va strategik o‘ylanma. Lekin, rostini aytadigan bo‘lsam, menga [aftidan] bu juda g‘alati ko‘rindi», — degan Jovkva.

Zelenskiy frontdagi vaziyatni umidsiz deb hisoblamasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z aviatsiyasi hisobiga osmonni nazorat qilayotgani tufayli, Ukraina o‘z harbiylarini asrashga intilmoqda.

Ukraina prezidenti ofisi bo‘linish haqidagi xabarlarni inkor etdi. Idora rahbari Andriy Yermak Ukrainaning «1+1» telekanali jurnalisti Natalya Moseychukka bergan intervyusida mamlakat hukumati Rossiyani yengishga qaratilgan yakdil pozitsiyada ekanini aytdi. «Men bugungi kunda harbiy-siyosiy rahbariyatda qandaydir boshqacha pozitsiyalar borligi belgilarini ko‘rmayapman. Bizda yagona pozitsiya bor — bu urushda g‘alaba qozonish», — degan Yermak parchasi Moseychuk tomonidan keltirilgan intervyuda.

«Prezident favqulodda muhim aniqlik kiritdi, — degan Bloomberg nashriga Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak. — Men oliy harbiy-siyosiy rahbariyat darajasida hech qanday kelishmovchilik yoki ziddiyatni ko‘rmayapman». Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va Zalujniy deyarli har kuni o‘zaro muloqot qilishadi va so‘nggi oylarda ularning suhbatlarida hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Xususan, prezident va bosh qo‘mondon Ukraina harbiy strategiyasiga tuzatishlar kiritishni muhokama qilishda davom etmoqda.

Zelenskiy atrofidagilardan yana biri Bloomberg bilan anonimlik asosidagi suhbatda prezident va bosh qo‘mondon o‘rtasidagi munosabatlar OAVdagi «balandparvoz sarlavhalar»dan butunlay yiroq narsa deb ta’riflagan.

Shu bilan birga, Bloomberg frontda muvaffaqiyatlar yo‘qligi hamda askarlarning ommaviy halokatiga olib keluvchi xatolar fonida ukrain harbiylariga bosim kuchaymoqda, deb hisoblaydi. Agentlik bunday bosim omillari ro‘yxatida Zelenskiyning hech qanday izohsiz Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Viktor Xorenkoni ishdan olish qarorini keltirib o‘tgan. Keyinroq mamlakat rahbariyati bu qarorni u «boshqa ma’lum yo‘nalishlarda kerakligi» va harbiy razvedkada ishlashi bilan izohladi.

Yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar Zelenskiyni siyosiy jihatdan yanada zaiflashtirishi mumkin, deb yozadi Bloomberg. «Muxolifat Zalujniy atrofidagi keskinlikdan prezidentning pozitsiyasiga putur yetkazish uchun foydalanishga intilmoqda. Sobiq prezident Petro Poroshenkoga yaqin deputatlardan biri telegramda bosh qo‘mondonni ishdan olish bo‘yicha farmon loyihasi mavjudligi haqida yozdi. Keyinroq u bu xabarni o‘chirib yubordi va boshqa manbalari bu ma’lumotni rad etganini aytdi», — deya qayd etadi agentlik.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo