21:50 / 10.11.2023
441

Rossiyada granata ko‘targan erkak namozxonaga bostirib kirdi

Rossiyada granata ko‘targan erkak namozxonaga bostirib kirdi

Foto: Telegram

Rossiyaning Dzerjinskiy shahrida noma’lum shaxs namozxonaga granataga o‘xshash narsa bilan kelib, uni faollashtirishini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli erkak Dmitriy Donskoy maydonidagi namozxonaga kirgan. U qo‘lida portlatmoqchi bo‘lgan granata borligini aytgan. Ibodatxonadagilar darhol politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari granatani olib, erkakni qo‘lga olgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan militsiya xodimlari huquqbuzarni hududiy IIBga olib ketdi. U spirtli ichimlik ta’siridagi 1978 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ekani ma’lum bo‘ldi. Hodisa davomida hech kim jabrlanmadi”, — deyiladi xabarda.

Keyinchalik granata mulyaj ekani ma’lum bo‘lgan, erkak uni yaqin atrofdagi sartaroshxonadan o‘g‘irlaganini aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo