17:14 / 15.11.2023
492

Rossiyada prezidentlik saylovi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Rossiyada prezidentlik saylovi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Viktor Korotayev, Kommersant’

Rossiya prezidenti Vladimir Putin parlament tomonidan tasdiqlangan davlat rahbari saylovi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlarni imzoladi. Hujjat 14 noyabr, seshanba kuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy portalida e’lon qilindi.

O‘zgartirishlar saylov paytida OAV faoliyatini cheklaydi

Tuzatishlar saylov jarayonini mustaqil yoritishni yanada cheklaydi. Xususan, endilikda saylov komissiyalari majlislarida faqat ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida rasman ishlaydigan jurnalistlar ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, saylov uchastkalarida suratga olish imkoniyati cheklangan va barcha bloklangan resurslarda tashviqot olib borish taqiqlangan.

Agar Rossiyaning ayrim hududlarida harbiy holat joriy etilgan bo‘lsa, ularda ovoz berish «Markaziy saylov komissiyasining Mudofaa vazirligi, «FSB» va tegishli mintaqa rahbari bilan maslahatlashuvlari natijalariga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin». Hozirda Rossiyada harbiy holat joriy etilmagan, u faqat qo‘shni davlatga kirish paytida Rossiya tomonidan egallab olingan va uning qurolli kuchlari nazorati ostidagi Ukraina hududlarida amal qiladi.

Davlat dumasi qonun loyihasini 25 oktyabrda qabul qilgan, o‘zgartirishlar esa 8 noyabrda Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullangan.

Prezidentlik saylovi mart oyida bo‘lib o‘tadi

Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 17 martda bo‘lib o‘tadi. OAV xabariga ko‘ra, ularda amaldagi prezidentning raqibi «Yabloko» rahbari Grigoriy Yavlinskiy bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, «O‘ng kuchlar ittifoqi» partiyasidan Davlat dumasi sobiq deputati, 60 yoshli Boris Nadejdin ularda ishtirok etish niyatini ma’lum qildi.

«Meduza» manbalariga ko‘ra, Kreml tomonidan saylovlarda «muxoliflar» uchun qo‘yilgan asosiy mezonlardan biri ularning yoshi bo‘lishi lozim – ular kamida 50 yoshda bo‘lishi kerak. Ayni paytda, Vladimir Putin saylovda ishtirok etishini hali rasman e’lon qilmadi, biroq uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov u 80 foizdan ko‘proq ovoz olishiga ishonch bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo