date
views 132

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda mashina o‘g‘irlab, «avariya» sodir qildi

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda mashina o‘g‘irlab, «avariya» sodir qildi

Foto: Qozog‘iston IIV

13 noyabr kuni Qozog‘istonning Uralsk shahrida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi politsiya tomonidan ushlandi.

Qayd qilinishicha, Volkswagen Rassat avtomobili boshqaruvida bo‘lgan haydovchi politsiya xodimlarining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan. Qochish jarayonida u boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib, turar-joyning darvozasiga urilgan. Shundan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mashinadagi 1996 yilda tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘rtacha mast holatda bo‘lgani aytilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil o‘g‘irlab ketilgani aniqlangan.

Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 200-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, tergov jarayoni boshlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda mashina o‘g‘irlab, «avariya» sodir qildi