G‘arbning boyligi asosan neokolonializm va qullikka asoslangan, deya bayonot berdi Rossiya rahbari Vladimir Putin.
Putin bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro madaniy forumi – Birlashgan madaniyatlar forumida aytib o‘tdi.
«Ko‘pgina mamlakatlar, xususan, Yevropa davlatlari va Qo‘shma Shtatlar ega bo‘lgan boylik, albatta, asosan o‘tmishdagi va o‘tmishdagi dunyo tartibidagi adolatsizliklar, mustamlakachilik, qullikka asoslangan», — deya Putinning so‘zlarini keltiradi TASS.
G‘arbni kolonializmda ayblagan Putin o‘tmishdagi Rossiya imperiyasining siyosati xususida lom-lim demagan.
Shuningdek, Putinga ko‘ra, «Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi murakkab munosabatlari G‘arb elitasi siyosati mahsulidir, rasmiy Moskva ularni yomonlashtirishni istamagan».
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar