date
views 145

Netanyaxu G‘azo ustidan nazoratni Mahmud Abbos ma’muriyatiga topshirish imkoniyatini rad etdi

Netanyaxu G‘azo ustidan nazoratni Mahmud Abbos ma’muriyatiga topshirish imkoniyatini rad etdi

Foto: AR

Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin ma’muriyati G‘azo sektorida hozirda davom etayotgan Isroil harbiy amaliyotidan so‘ng uni boshqarish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir emas. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

O‘ylashimcha, Falastin ma’muriyati hozirgi ko‘rinishida G‘azo sektori uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qodir emas”, — dedi u.

Netanyaxu Isroil armiyasi anklav uchun kurashganidan so‘ng G‘azo ustidan nazoratni Abbosga topshirishni noto‘g‘ri deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, u HAMASning jangari qanoti tomonidan 7 oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujumni Mahmud Abbos haligacha qoralamaganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu G‘azo ustidan nazoratni Mahmud Abbos ma’muriyatiga topshirish imkoniyatini rad etdi